18 Sentyabr 2020 yil 762

Sayyor qabulda muammolar yechim topdi

Gʼuzor tumani hududida, Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari polkovnik H.Bozorov va podpolkovnik X.Аtanazarov raisligida va 3-sektorning ishchi guruh aʼzolari, Gʼuzor tumanidagi tegishli mutassaddi davlat idoralari rahbarlari hamda Gʼuzor tuman IIBning tegishli sohaviy xizmatlari rahbarlari ishtirokida sayyor qabul boʼlib oʼtdi. Sayyor qabulda jami 40 nafar fuqaro oʼz muammolari yuzasidan murojaat etishdi. Murojaatlarning 3 tasi joyida ijobiy hal qilindi, 37 tasiga huquqiy tushuncha berilib, tegishli mutasaddi idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi. 

Text to speech