27 Iyun 2022 yil 289

Sayyor qabulda fuqarolar jazodan ozod etilishi uchun taqdimnomalar kiritildi

Bugun uchinchi kun joriy yilning 27 iyun kuni Prezidentning davlat maslahatchisi Tursunxon Xudoybergenov boshchiligidagi ishchi guruh Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahridagi “Sarbon-garden” majmuasida ommaviy sayyor qabul o‘tkazmoqda. Sayyor qabulda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari, general-mayor Bahodir Mirzaraximov boshchiligidagi ishchi guruh, viloyatning 4 ta sektori rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlari va mutasaddi idoralar vakillari viloyatning Shahrisabz shahri, Kitob, Yakkabog‘ va Shahrisabz tumanlari fuqarolarining murojaatlarini ham  tinglamoqda. 

Ommaviy sayyor qabulda fuqarolarni qiynayotgan kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida inson qadri ustuvor darajaga ko‘tarilgan mamlakatimizda fuqarolarning haq-huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va boshqa cheklangan imtiyoz va huquqlarini ta’minlashga ham diqqat-e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, Kitob tuman IIB JXX Probatsiya xizmati nazoratida jazo muddatini o‘tab kelayotgan 4 nafar shaxslarning murojaati tegishli tartibda ko‘rib chiqildi. Probatsiiya nazoratida  jazoni o‘tash tartib-qoidalariga og‘ishmay rioya etgani, mehnatga halol munosabatda bo‘lgani, axloqan tuzalish yo‘liga o‘tgan 2 nafar erkaklar va 2 nafar ayollar murojaati ijobiy qanoatlantirilib, jazodan muddatidan oldin ozod etish haqida sudga taqdimnoma kiritiladigan bo‘ldi.  

Sayyor qabul shaffof, oshkora va ochiq, odilona o‘tkazilgani uchun murojaatchilar muhtaram Prezidentimizga, huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbariyatiga o‘z minnatdorchiligini bayon etishdi.

Text to speech