Sayyor qabul jarayonlari davom etmoqda
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Ulugʼbek Musaev boshchiligida 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari tegishli mutassadi davlat idoralar rahbarlari ishtirokida Koson tumanidagi “Chiroqchi”, “Tinchlik” va boshqa yaqin atrofdagi MFYlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar bilan shu yilning 24 sentyabrь kuni sayyor qabul oʼtkazdi.
Sayyor qabulda 41 nafar fuqarolarning har xil muammolar boʼyicha 15 ta murojaatlari tinglandi. Qabulda tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida bartaraf etildi. Qolgan murojaatlar mablagʼ va vaqt talab qilishi sababli tegishli mutasaddi idoralarga yuborilib, ijrosi nazoratga olindi.
Shuningdek, sayyor qabulda fuqarolar suyultirilgan gaz ballonlari, pensiya pullarini yetkazib berish bilan bogʼliq muammolarini oʼrtaga tashlashdi.
Boshqarma boshligʼi oʼrinbosari polkovnik U.Musaev sektor rahbarlari va mutasaddi idoralar masʼullariga fuqarolarning maishiy muamolarini yechimini topish va bu boradagi ishlarni jadallashtirish borasida tegishli tavsiya va koʼrsatmalar berdi.