SАYYOR MАLАKА OSHIRISH OʼQUV YIGʼINI
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021-yil 20-noyabr kunidagi “Ichki ishlar organlarining rahbar xodimlarini malakasini oshirish boʼyicha oʼquv kurslarini tashkil etish toʼgʼrisida”gi Farmoyishiga asosan, shu yilning 04-dekabr kunidan IIV Malaka oshirish institutining oʼquv dasturi asosida institutning Qashqadaryo filialida mobil sayyor malaka oshirish oʼquv yigʼini boshlandi.
Malaka oshirish instituti Qashqadaryo filialida boshlangan mobil sayyor malaka oshirish oʼquv yigʼinida viloyat Ichki ishlar organlarining jami 42 nafar jinoyat qidiruv, terrorizm va ektremizmga qarshi kurashish xizmati rahbar xodimlari, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlarining birinchi oʼrinbosarlari hamda Tergov xizmati, tuman (shahar) ichki ishlar organlarining boshliqlarining tergov boʼyicha oʼrinbosarlari jalb etildi.
Kun tartibi va dars jadvaliga asosan xodimlar xizmat faoliyatidan ajratilmagan holda uzluksiz oʼquv karera va modul tizimi asosida IIV Malaka oshirish institutining professor-oʼqituvchilari tomonidan oʼrnatilgan tartibda innovatsion pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda oʼqishmoqda.
Xususan, oʼquv yigʼinida rahbar xodimlarning kasbiy bilimi, koʼnikmasi, malakalarini uzuluksiz yangilab va rivojlantirib borish, unda xizmat faoliyatiga oid islohotlar va yangiliklar, yuridik tayyorgarlik hamda maxsus-kasbiy tayyorgarlik boʼyicha bilimlari oshirilmoqda.