Sayyor malaka oshirish oʼquv kurslari tashkil etildi
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʼlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʼllab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi PF-5938-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 4 yanvardagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʼravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 3-son qaroriga muvofiq, Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 20 yanvar kunidagi 2/199-son koʼrsatmasi asosida ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari boʼyicha (katta) inspektoralarining xizmat faoliyatiga oid bilim va koʼnikmalarini oshirish maqsadida sayyor oʼquv yigʼini tashkil etildi.
Tashkil etilgan sayyor oʼquv yigʼini IIV Malaka oshirish institutining Qashqadaryo filialida joriy yilning 01 fevral kunidan 05 fevral kuniga qadar tashkil etilib, viloyat ichki ishlar organlari xotin-qizlar masalalari boʼyicha (katta) isnpektorlarining bilim va kasbiy mahoratlarini mustahkamlash maqsadida ular bilan xizmatdan ajralgan holda qisqa muddatli, IIV Malaka oshirish institutining professor-oʼqituvchilari tomonidan sayyor malaka oshirish oʼquv kurslari tashkil etildi.
Tashkil etilgan sayyor oʼquv yigʼini tasdiqlangan kun tartibi va dars jadvaliga asosan boshlanib, hozirgi kunda 16 nafar viloyat ichki ishlar organlarida xotin-qizlar masalalari boʼyicha (katta) isnpektorlari oʼzlarining bilim va koʼnikmalarini oshirmoqda.