17 May 2023 yil 284

Sayyohlar xavfsizligi ta’minlanmoqda

Mamlakatning turistik salohiyatini oshirish, qolaversa, sayyohlar oqimini ko‘paytirish maqsadida viloyat hududida xalqaro ko‘rgazma va yarmarkalar, ko‘plab ilmiy-amaliy konferensiyalar, turli sayllar, festivallar, bayram kechalari o‘tkazilishi an’anaga aylanib bormoqda. Ushbu tadbirlarda viloyatimizga tashrif buyurgan chet ellik va mahalliy ishtirokchilar hamda sayyohlar ham ishtirok etishyapti.

Jumladan, 11-13-may kunlari Shahrisabz shahri va Yakkabog‘, Kitob tumanlarida hududlarida “Ethno and modern fashion week” xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Festivalga dunyoning 18 ta mamlakatidan dizaynerlar 100 dan ortiq ishtirokchilar bilan tashrif buyurishdi. Shuningdek, ko‘p sonli xorijiy va mahalliy sayyohlar tashrifi kuzatildi.

Tadbirning tinch va osoyishta o‘tishida viloyat IIBning barcha sohaviy xizmatlari, shu jumladan, Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari ham hushyorlik bilan xizmat qilishdi. Boshqarma xodimlarining tegishli tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikdagi sa’y-harakatlari natijasida festival mobaynida sayyohlar bilan bog‘liq jinoyat hamda huquqbuzarlik sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Text to speech