Oʼzaro tortishuv janjalga sabab boʼldi
2021 yil 23 iyul kuni soat 07:30larda, Navoiy shaharda yashovchi B.N Karshi shahar “Chaqar” MFYda joylashgan dehqon bozori oldidagi avtomashinalar turargohida tanishi, Qarshi shahar “Nasaf” MFYda yashovchi K.S bilan oʼzaro tortishib qolib, janjal vaqtida K.S uni va jiyani, Navoiy viloyati Xatirchi tumanida yashovchi S.M.ni urib, tan jarohati yetkazgan. STEning xulosasida, B.N.ning tanasida “yuz, lab sohasida shilinma” hamda S.M.ning tanasida “bosh miya chaykalishi, yopiq kalla miya shikastlanishi” koʼrinishidagi tan jarohatlari borligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar 4-sonli IIB TB tomonidan K.S.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksinin 109-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.