28 Aprel 2020 yil 788

SАXOVАT VА KOʼMАK XАLQIMIZGА XOS FАZILАT

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼining birinchi oʼrinbosari podpolkovnik I.Tursunov va boshqarma boshligʼining oʼrinbosari podpolkovnik X.Аtanazarov bugungi karantin davrida joylarda fuqarolar turmush tarzida uchrayotgan muammolar, oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi mahsulotlarining bozordagi va savdo doʼkonlaridagi narx-navosini oʼrganish maqsadida Qarshi shahar va Chiroqchi tumani hamda Qamashi tumanida boʼlishdi.

Joylardagi sektorlar ishchi guruhi hamkorligida bozorlar va doʼkonlarda sotuvchilar bilan yuzma-yuz savol javoblar oʼtkazgan rahbarlar oziq-ovqat va qishloq xoʼjaligi hamda hayot maromini belgilovchi mahsulotlar narxi bilan yaqindan tanishdilar. Uchrashuv doirasida oziq-ovqat, qishloq xoʼjaligi mahsulotlari bilan bogʼliq  aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddilarga topshiriq va tavsiyalar berildi.

Joylarda moddiy jihatdan qiynalgan, oilasini moddiy taʼminlashda muammolarga duch kelayotgan shaxslarga saxovat va koʼmak berildi. Shu bilan birga tomorqa madaniyatini rivojlantirish boʼyicha tavsiyalar berilib, bir guruh fuqarolarga qishloq xoʼjaligi mahsulotlari koʼchatlari homiylar hisobidan tarqatildi.

 

Qashqadaryo viloyati IIB Аxborot xizmati

Text to speech