SАVDO RАSTАSIDАGI QOʼSh OʼGʼRILIK
Kosonlik uy bekasi B. K. shu yil 30 noyabr kuni Qarshi shahriga keldi. Soʼngra, shaharning “Аmir Temur” MFY Furqat koʼchasidagi savdo rastalaridan biriga sumkasi va qoʼl telefonini qoʼyib savdo qilayotgand,a sumkasi ichidagi 2.000.000 soʼm pullari va qiymati 1.500.000 soʼmlik “Samsung” rusumli telefonini xaridor sifatida kelgan notanish fuqarolardan biri oʼgʼirlab ketganligini bildi. Darhol bu haqda 102 xizmatiga xabar berdi.
Shuningdek, Qarshi shahar “Buyuk turon” MFYda yashovchi uy bekasi M. X. ham shu kuni soat 15:00larda shaharning Markaziy buyum bozoridagi 3-sonli savdo doʼkoni ichidan 2.000.000 soʼm pullari va “Samsung” rusumli telefon apparati boʼlgan ayollar soʼmkasini xaridor sifatida kelgan notanish fuqarolardan biri oʼgʼirlab ketganligini bildirgan.
Olib borilgan tezkor qidiruv ishlari natijasida mazkur jinoyatni, Dehqonobod tumani Qorashina qishlogʼida yashovchi muqaddam JIB Qarshi shahar sudi tomonidan oʼgʼrilik jinoyatini sodir etgani uchun sudlangan uy bekasi T. B. sodir etganligi aniqlanib, undan 100 АQSh dollari va 2.700.000 pullar tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan.
Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB 1-sonli IIB TB tomonidan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.