26 Iyul 2023 yil 477

Sarxushlikda yo‘qotilgan telefon topildi

Spirtli ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish odam organizmiga zarar. Ammo, Nishon tumani “Ko‘ksoy” MFYda yashovchi H.E. buni bilsa-da, joriy yil 16 iyul kuni Nuriston shaharchasidagi bozorga borib, tanishlari bilan ancha miqdorda spirtli ichimlik iste’mol qilib, mast bo‘lib qoladi. Natijada  qo‘l telefonini yo‘qotgan.

Nishon tuman IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida telefonni tumanni “Oq-oltin” MFYda yashovchi A.R. o‘g‘irlaganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan Nishon tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Text to speech