20 Yanvar 2023 yil 215

Sarhisob: tahlil va tanqid

 Xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, ularni ijtimoiy va huquqiy himoyasi borasida Qashqadaryo viloyatida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, o‘tgan yilda Qarshi tumanning bir qator mahallalarida ham xotin-qizlar tomonidan jinoyatlar sodir etildi. Shu munosabat bilan tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan tadbirda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Xidoyat To‘raeva, viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi katta mutaxassisi hamda Qarshi tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Fazilat Abduraxmonova va mahalla fuqarolar yig‘inlarida xizmat olib borayotgan xotin-qizlar faollari bilan mahallalar kesimida tanqidiy ruhda muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sarhisob yig‘ilishida eng ko‘p jinoyat sodir etilgan Qarshi tumanidagi  Alisher Navoiy, Bunyodkor, Mirmiron, Chaman mahallalarining xotin-qizlar faollari xizmat faoliyatini to‘g‘ri tashkil etmaganligi sababli ularga nisbatan intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Kelgusida xotin-qizlarning ijtimoiy muammolarini o‘rganib, ijobiy hal etish, ularning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, hunarmandchilik yoki tadbirkorlikka jalb etish hamda og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan ayollar bilan manzilli profilaktik ishlarni olib borish to‘g‘risida topshiriq va tavsiyalar berildi.

Text to speech