1 Fevral 2023 yil 253

Sarhisob: Tahlil va natijalar

Qamashi tuman IIBda o‘tgan yilda jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilganlarini “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qashqadaryo viloyat IIB va tuman IIB rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Sarhisob yig‘ilishida viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Isroil Ximmatov so‘zga chiqib, tumanda huquqbuzarliklar, jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish va ro‘y berganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida bo‘lim tezkor va sohaviy xizmatlari xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyati, erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha tanqidiy-tahlil qilindi.

Tuman ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida inson qadri uchun shiori ostida fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi xizmat davomida yuqori ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar hamda tashakkurnomalar topshirildi.

Yig‘ilish so‘ngida kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Text to speech