17 Iyul 2024 yil 769

Sarhisob yig‘ilishi

Qashqadaryo viloyati IIBda joriy yilning birinchi yarmida boshqarma huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning shahar-tuman IIB bo‘linmalari xodimlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan sarhisob yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, Tergov boshqarmasi boshlig‘i podpolkovnik Isroil Ximmatov ochib, ichki ishlar organlari xodimlarining faoliyat davomida kunlik idoraviy va protsessual nazoratni kuchaytirish hamda xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etish, tamagirlik qilmaslik, fuqarolar bilan xushmuomalada bo‘lish, ular bilan noqonuniy muloqotlarga kirishmaslik, tergov ish yuritishda halollik, qonuniylik, xolislik, adolat va insoniylik tamoyillariga amal qilishi lozimligini qayd etdi.

Ko‘lami keng yig‘ilishda Tergov boshqarmasi va uning shahar-tumanlari bo‘lim va bo‘linmalari tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari, faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar atroflicha tahlil etildi.

Jinoyatlarni tez va to‘liq ochish, qonun ustuvorligini ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, uning oldini olish, har bir jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan javobgarlik muqarrarligini ta’minlash, jinoyat ishlarini protsessual qonun asosida har tomonlama to‘liq sifatli tergov qilish, jinoyatning sabablari, uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlarini aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan choralarni ko‘rish tergov idoralarining asosiy vazifasi bo‘lishini ta’kidlab o‘tildi.

Yakunda hisobot davridagi xizmat faoliyati davomida jinoyat ishlarining tergovini sifatli o‘tkazilishini ta’minlagan, yuqori natijalarga erishib, xizmatdoshlariga uchun o‘rnak bo‘lgan eng yaxshi tergovchi va surishtiruvchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Text to speech