15 Aprel 2024 yil 136

Sarhisob


Muborak tumani IIBda viloyat IIB boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik Aziz Allanazarov ishtirokida joriy yilning uch oyi davomida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, faoliyat davomida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan tanqidiy yig‘ilish o‘tkazildi.
Ko‘lami keng yig‘ilishda barcha sohaviy xizmatlarning hisobotlari tinglanib, kamchilikka yo‘l qo‘ygan xodimlar muhokama qilindi.
Xizmatda ijobiy ko‘rsatkichlarga erishgan xodimlar rag‘batlantirildi va navbatdagi maxsus unvonlar o‘z egalariga tantanali topshtrildi.
Yakunda IIVning shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i bilan Muborak tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari - JXX boshlig‘i lavozimiga tayinlangan mayor Shukur Xusenov shaxsiy tarkibiga tanishtirildi.

Text to speech