8 Noyabr 2023 yil 1385

Sarhisob

Qashqadaryo viloyati IIBda boshqarma Tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Boshqarma Tezkor qidiruv xizmati, shahar-tuman ichki ishlar bo‘limlari tezkor xodimlari ishtirok etgan yig‘ilishni viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov ochib, ichki ishlar organlarining tezkor qidiruv xizmati xodimlari tomonidan viloyatda yilning o‘tgan davr faoliyat davomida tezkor xodimlarning viloyatda jinoyatchilikni oldini olish, va unga qarshi kurash, sodir etilganlarini fosh etish, qonunbuzarliklarga barham berish, jamoat va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, giyovandlik, fribgarlik, o‘g‘irlik jinoyatlarini fosh etish, korrupsiya holatlarining ildiziga bolta urish borasidagi faoliyatni atroflicha tanqidiy-tahlil etdi.

Xizmatda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Ushbu jarayonda tezkor xodimlarning xizmat intizomi va qonunchilikka rioya etishi,  korrupsion va favqulodda holatlar sodir etilishini oldini olish, tarbiyaviy-profilaktik, “xodimbay” ishlarni yanada kuchaytirish, ogohlikni yanada kengroq targ‘ib etib, xalq ishonchini qozonish va odamlarni hayotdan rozi qilish uchun xizmat qilish bosh vazifa bo‘lmog‘i lozimligi ta’kidlanib, sohaviy xizmatlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

Faoliyatda erishilgan yutuqlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar muhokama qilinib, tegishli sohaviy xizmatlar rahbarlari oldiga vazifalar qo‘yildi.

Text to speech