19 Iyul 2022 yil 327

Sarhisob tahlil va natijalar

    Yaqinda Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida viloyat IIB JXX Probatsiya bo‘limi va uning joylardagi bo‘linmalari vakillari ishtirokida joriy yilning o‘tgan olti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB, viloyat prokuraturasi, JXX Probatsiya xizmati, uning shahar tuman bo‘linmalari hamda guruhlari inspektorlari ishtirok etishdi. 

    Tanqidiy ruhda o‘tgan yig‘ilishda Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari polkovnik A.SH.Allanazarov  ishtirok etib, boshqarma JXX Probatsiya xizmati va uning joylardagi bo‘linmalari hisobida nazoratda turgan shaxslarni tarbiyalash, ish bilan ta’minlash, ular tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir turdagi jinoyatlar sodir etilishining oldini olish maqsadida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. Nazoratda turgan shaxslar bilan muntazam profilaktik ishlar olib borilishiga qaramasdan qayta jinoyat sodir etish holatlari uchrayotgani tanqid qilindi. Natijada yilning o‘tgan davrida nazoratdagi shaxslar orasida berilgan imkoniyatdan foydalanib, tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslar jazodan muddatidan oldin ozod etildi. Shu bilan birga boshqarma Probatsiya bo‘limida nazoratda turib, amaldagi qonun talablarini buzgan nazoratdagi shaxslarning jazo turi  jinoyat ishlari bo‘yicha sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etishga almashtirildi.

      Ko‘lami keng yig‘ilishda faoliyatda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan xodimlarga aniq vazifalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Text to speech