3 Noyabr 2021 yil 354

Samarqandga sayohat


Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyatining tashabbusi bilan tizimning turli sohalarida samarali xizmat qilayotgan bir guruh sohaviy xizmatlar xodimlari va ularning oila aʼzolari mustaqillik bois yanada oʼzgacha chiroy ochgan, moziyda ham, hozirda ham yer yuzining sayqali, oʼziga xos madaniyat markazi nomini olgan Samarqand shahriga sayohatga otlanishdi.
Qashqadaryolik osoyishtalik posbonlari Sohibqiron Аmir Temurga poytaxt boʼlgan qadimiy va navqiron Samarqand shahriga kirib kelishdi. Soha fidoyilarining ilk qadamjosi shahardagi meʼmoriy obidasini tomosha qilishdan boshladilar.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasida boʼlgan yoshlar mustaqil davlatimiz asoschisining Oʼzbekiston davlatini bunyod etish borasida amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishishdi. Soʼngra, Doniyor paygʼambar ziyoratgohida boʼlgan yoshlar Temuriy shahzoda, qomusiy olim Mirzo Ulugʼbek rasadxonasida boʼlishdi.
Sohibqiron Аmir Temur maqbarasida boʼlgan ziyoratchilar shaharning qoq markazida qad rostlagan Аmir Temur haykali va shaharning boshqa diqqatga sazovor joylarida amalga oshirilgan obodonchilik hamda bunyodkorlik ishlarini tomosha qilishdi. Sayohat  davom etmoqda.

Text to speech