21 Oktyabr 2024 yil 611

Samarqandga sayohat

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va birlashgan kasaba uyushmasining tashabbusi bilan tizimning turli sohalarida samarali xizmat qilayotgan shahodatlangan va erkin yollangan xotin-qizlarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi.  

Sayohatning ilk yo‘nalishi qadimiy va navqiron Samarqand shahridagi sohibqiron maqbarasida bo‘lgan ziyoratchilar Amir Temurning vafoti va obidaning yaratilish tarixi bilan tanishtirildi.

Yer yuzining sayqali nomini olgan shaharning qoq markazida joylashgan Registon ansamblida bo‘lgan osoyishtalik posbonlari temuriy shahzoda Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurilgan madrasa va undan keyin XVII asrda qurilgan Sherdor va Tillakori madrasalari qurilishi va bugungi kunda bu maskandagi obodonchilik ishlarini ko‘zdan kechirishdi. Registon ansamblida xalq amaliy san’ati va hunarmandchilik namunalari, ajdodlarimiz tarixini aks ettiruvchi miniatyura asarlarini ko‘zdan kechirishdi.

Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov maqbarasida bo‘lgan yoshlar mustaqil davlatimiz asoschisining O‘zbekiston davlatini bunyod etish borasida amalga oshirgan ishlari, majmuada amalga oshirilgan bunyodkorlik va yaratuvchilik ishlari bilan yaqindan tanishishdi.

So‘ngra, sayohatchilar yangidan bunyod etilgan Boqiy shahar majmuasi hamda Samarqand shahrining boshqa diqqatga sazovor joylarini tomosha qilishdi.

Bir so‘z bilan aytganda sayohat ichki ishlar organlari xodimalarining madaniy hordiq chiqarishi bilan birga bir olam taassurotlar olishiga zamin hozirladi.

Text to speech