11 Sentyabr 2021 yil 513

“Samarqand” mahallasi fuqarolarining murojaatlari tinglandi

 

Qamashi tumani “Samarqand” MFY da fuqarolarning kundalik turmushi va maishiy muammolarini oʼrganish va yechim topish maqsadida Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi oʼrinbosari podpolkovnik Xurshid Аtanazarov sayyor qabul oʼtkazdi.

Sayyor qabulda oʼttizga yaqin fuqarolar va yoshlar ishtirok etdi. Unda asosan, ichki yoʼllarni asfalьtlash, elektr simyogʼochlarni almashtirish va boshqa obodonchilik hamda huquqiy yoʼnalishga oid 16 ta murojaatlar tinglandi. Murojaatlarning 14 tasi vaqt va mablagʼ talab etishi inobatga olinib, mutasaddi idorlar rahbarlariga topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi.  2 nafar fuqaroga esa huquqiy tushuncha berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech