30 Sentyabr 2021 yil 501

“Salomatlik poezdi” tadbiri uyushqoqlik bilan oʼtkazilmoqda


“Yangi Oʼzbekiston - yangi ichki ishlar organlari!” shiori asosida boshqarma Tibbiyot boʼlimi poliklinikasi shifokorlari Ichki ishlar organlari xodimlarining kasb bayrami arafasida vohaning shahar-tumanlariga “Salomatlik poezdi” tadbiri asosida tashrif buyurib, profilaktik tibbiy koʼrikni amalga oshirishni boshladi. Ichki ishlar organlari xodimlari va harbiy xizmatchilar, soha faxriylari va ularning oila aʼzolarining sogʼligini tiklash, ularga malakali tibbiy yordam koʼrsatish, emlash ishlarini yanada jadallashtirish va nihoyasiga yetkazish maqsadida boshqarma Tibbiyot boʼlimi xodimlari tomonidan hududiy sogʼliqni saqlash boʼlinmalari bilan hamkorlikda viloyatning Kitob, Yakkabogʼ, Shahrisabz tumanlari va Shahrisabz shahar IIB xodimlari hamda Milliy gvardiya Qoʼriqlash boʼlimi xodimlarini tibbiy tekshiruvlardan oʼtkazib, ularga malakali tibbiy yordamlar koʼrsatildi.

Text to speech