“Salomatlik poezdi” Qashqadaryoda
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 2021 yil 18 sentyabr kunidagi 199-sonli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasi tizimidagi markaziy gospitalь, markaziy poliklinika va “Oʼzbekiston” sanatoriyasining tor mutaxassis shifokorlaridan tashkil topgan guruh “Salomatlik poezdi” shiori ostida tibbiy muassasalarga biriktirilgan tarkibga malakali tibbiy xizmat koʼrsatish, sogʼlomlashtirish va profilaktik tibbiy koʼrik ishlarini ishlarini takomillashtirish, shaxsiy tarkib orasida uchrayotgan kasalliklarni yashirin davrida aniqlab davolash choralarini koʼrish ichki ishlar organlari pensionerlari, xodimlari va ularning oila aʼzolarida uchrayotgan mavsumiy va boshqa kasalliklarga tashxis qoʼyib, tegishli tavsiya va takliflar berish maqsadida 2 kun davomida Qashqadaryo viloyatida boʼlishdi.
Dastlab Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasida tashkil etilgan tibbiy koʼrik davomida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hisobida dispanser hisobida turgan bemorlar, pensionerlar va ularning oila aʼzolari Ichki ishlar vazirligining Tibbiyot boshqarmasi uning tizimidagi markaziy gospitalь, markaziy poliklinika va “Oʼzbekiston” sanatoriyasining tor mutaxassis shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy koʼrikdan oʼtkazildi.
“Yangi Oʼzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida oʼtkazilayotgan keng qamrovli tadbirda Qashqadaryo viloyati IIB Tibbiyot boʼlimiga biriktirilganlar orasida Qarshi shahri, Qarshi tumanida yashovchi urush orti qatnashchisi, nogiron va xizmat chogʼida olgan jarohati tufayli nogiron boʼlib qolgan bir guruh faxriy va nafaqaxoʼrlar va ularning oila aʼzolari “Salomatlik poezdi” dasturi doirasida IIV Tibbiyot boshqarmasi va uning tizimidagi davolash profilaktika muassasasi malakali tor mutaxassis-shifokorlari tomonidan uyiga borib koʼrildi.
Tadbirning ikkinchi kuni viloyat IIB Tibbiyot boʼlimi Shahrisabz ambulatoriyasiga tashrif buyurgan shifokorlar Chiroqchi, Yakkabogʼ va Kitob tumanlarida yashayotgan shaxsiy tarkib, pensionerlar va ularning oila aʼzolarini tibbiy koʼrikdan oʼtkazishdi. Tibbiy koʼrik davomida ularning salomatlik borasidagi savollariga tegishli javoblar qaytarilib, ambulator, statsionar va sanatoriy sharoitida davolanish uchun tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Ikki kun davom etgan jarayonda IIV Tibbiyot boshqarmasi va uning tizimidagi markaziy gospital, markaziy poliklinika va “Oʼzbekiston” sanatoriyasining terapevt, nevroxirurg, jarroh, kardiolog, travmatolog, pulьmonolog, lor, oftalьmolog shifokorlari biriktirilgan shaxsiy tarkib, nafaqaxoʼrlar va ularning oila aʼzolaridan 400 nafardan ortigʼini tibbiy koʼrikdan oʼtkazishdi. Qabulda “Dispanser” hisobda turuvchi bemorlar hamda ichki ishlar boshqarmasi tizimi pensionerlari va ularning oila aʼzolaridan 290 nafariga ambulator, 80 nafardan ortigʼiga sanator-kurort va 30 nafarga yaqiniga statsionar sharoitda davolanishga tavsiya berildi. Baʼzi bemorlar tibbiy tekshiruvdan oʼtkazilib, EKG qilindi, qon va peshob tahlillari topshirishdi. Ushbu jarayonlarda 60 ga nafarga yaqin biriktirilgan kontingentda birlamchi kaksalliklar aniqlanib, baʼzilariga shifoxonalarda, baʼzilariga uyda davolanish uchun tegishli tavsiyalar berildi.
Bu kabi oʼzaro hamkorlik va tajriba almashishga moʼljallangan tadbirlar shifokorlarining malaka va tajriba almashishi, zamonaviy tibbiy texnikalar imkoniyatlarini oʼzlashtirish va mavjud texnikalar kuchidan samarali foydalanib, kasalliklarni erta aniqlash va oldini olish choralarini belgilashda qoʼl kelishi tayin.