15 Yanvar 2025 yil
508
“Salomatlik kuni” tadbiri doirasida
Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokorlari IIVning 365-sonli buyrug‘i talablari asosida “Salomatlik kuni” tadbiri doirasida. Ko`kdala tuman IIB shaxsiy tarkibini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishdi. Tibbiy ko‘rik davomida shaxsiy tarkibga sog‘lom ovqatlanish, sport - sog‘lik garovi, Qandli diabet nima?, ruhiy zo‘riqishlarni oldini olish, gipertoniya, mavsumiy rinit, koksartroz, bel umurtqalari osteoxondrozi kasalliklari profilaktikasi, donorlikning organizm uchun foydali tomonlari mavzularida ma’ruza va davra suhbatlari o‘tkazildi.
Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.