16 May 2024 yil 286

“Salomatlik kuni” doirasida

Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bo‘limi poliklinikasi shifokorlari “Salomatlik kuni” doirasida Nishon tuman IIBda xizmat faoliyatini olib borayotgan xodimlar uchun sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirdi. Ichki ishlar organlari xodimlarini sog‘ligini tekshirish, sog‘lom turmush tarziga rioya etishlari hamda turli xil kasalliklarni erta aniqlab, oldini olish maqsadida tashkil etilgan sayyor tibbiy ko‘rikda dispanser nazoratida turganlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

Shuningdek, xodimlarga “Sog‘lom ovqatlanish”, “Gipertoniya kasalligi profilaktikasi”, “Sport sog‘lik garovi” mavzularida ma’ruzalar ham o‘tildi.

Text to speech