10 Iyul 2024 yil 296

“SALOMATLIK KUNI” DOIRASIDA...

Ichki ishlar vazirining tegishli buyrug‘iga asosan Qashqadaryo viloyati IIB DPM Tibbiyot bulimi poliklinikasi shifokorlari “Salomatlik kuni” tadbiri doirasida vohaning shahar-tumanlarida sayyor tibbiy ko‘rik uyushtirib kelmoqda. Navbatdagi tibbiy ko‘rikda Shahrisabz shahar va Shahrisabz tuman IIB shaxsiy tarkibi bilan o‘tkazildi.

Ko‘lami keng tadbirda dastlab, dispanser nazoratida turgan so‘ngra, xodimlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Tibbiy ko‘rik davomida ichki ishlar organlari xodimlariga “Sog‘lom ovqatlanish”, “Gipertoniya kasalligi profilaktikasi”, “Sog‘lom turmush tarzi”, “Sport - sog‘lik garovi” mavzularida ma’ruza va davra suhbatlari ham tashkillashtirildi.

Text to speech