16 Aprel 2024 yil 112

Sakkiz tup kannabis aniqlab olindi

Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan joriy yil 12 aprel kuni Qarshi shahar, “Qo‘rg‘oncha” mahallasida yashovchi Sh. D.ning yashash uyi ko‘zdan kechirilganda tomorqasida 7 tup, yelim idishda 1 tup “kannabis” giyohvand o‘simligi yetishtirib kelayotgani, hovlisidagi temir qopqoq ustida biroz qurigan barglar aniqlab olindi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi TB tomonidan Sh.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech