3 Avgust 2024 yil 613

“Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor”

Qashqadaryo viloyati IIBda “Saylov huquqi: inson qadriga yuksak e’tibor” mavzusida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi” bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat IIB tarkibiy bo‘limlari va sohaviy xizmatlar xodimlari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Ixtiyor Xudoyqulov ochdi.
Tadbirda boshqarma TB YUTB katta yuriskonsulti, mayor Shavkat Nabiyev saylov qonunchiligi unda saylanuvchilar va ovoz beruvchilarning ishtiroki, huquq va majburiyatlari haqida bo‘yicha ma’ruza qilib, Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashidagi deputatlik o‘rinlari soni viloyat aholisi sonidan kelib chiqqan holda belgilanganini, tuman va shaharlar Kengashlaridagi deputatlik o‘rinlari esa aholi sonidan kelib chiqqan holda, navbatdagi chaqiriqdan boshlab belgilaniini bildirdi.
Mavzu doirasida ishtirokchilarning savollariga javoblar berdi.
So‘ngra, ishtirokichlarga saylov qonuchiligi bo‘yicha videorolik namoyish etildi.
Viloyat IIB Faxriylar kengashi raisi, iste’fodagi polkovnik Sodiq Islomov “Faxriylar o‘giti” doirasida xodimlarga xizmatning mashaqqatli va sharafli tomonlari haqida tushunchalar berdi.
Boshqarma TQX TEQKB mas’ul xodimi jahonda yuz berayotgan terroristik harakatlar, ijtimoiy siysiy vaziyat haqida ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.
Yakunda navbatdagi maxsus unvonlar egalariga tantanali ravishda topshirildi.

Text to speech