28 Mart 2024 yil 445

Sayxunobod tajribasi Ko‘kdalada


Ko‘kdala tumanidagi 69-maktabda Davlat rahbarining tashabbusi bilan Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanida yo‘lga qo‘yilgan yangi tajribasi asosida ishlarni tashkil etishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat 3-sektor rahbari - IIB boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov va fuqarolar ishtirok etishdi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i qishloq xo‘jalik mahsulotlari va chorvachilikni rivojlantirish borasida tumandagi mavjud imkoniyatlar va yaratilgan shart-sharoitlardan kelib chiqib, yoshlarni bandligini ta’minlash bugungi kunning muhim vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.

Tumandagi mavjud mahallalarning har biriga talabgorlarga kredit asosida mini traktor, motokultivator olib berish, hokim yordamchisi “Bir sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad” degan mezon asosida aholi uchun biznes reja ishlab chiqib, artezan quduqlar qazib berib, agronomlar bilan birga qishloq xo‘jalik ekinlarini ekishga bosh-qosh bo‘lishi lozimligini bildirdi.

Yerdan yanada samarali foydalanish, dehqonlar uchun bozor topishga ko‘maklashish, tadbirkorlarni sifatli urug‘ va dori vositalari bilan ta’minlash, tadbirkorlarning eksportiga amaliy yordam berish, yer munosabatlarini shakllantirish kabi muhim islohotlarni o‘z ichiga oladigan bunday xayrli ishlarni amalga oshirishda mahallada qishloq xo‘jalik ekinlarini sotib olishni yo‘lga qo‘yuvchi tadbirkor eksportchilik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

Bir so‘z bilan aytganda, mehnat qilgan kam bo‘lmaydi.

 

Text to speech