30 Aprel 2024 yil 778

"Sayxunobod tajribasi" amalda

Aholi daromadlarini, bozorlar tukin sochinligini ta’minlash orqali turmush farovonligiga erishishda tomorqadan unumli foydlanishning o‘rni katta. Axir xalqimizda "Yer xazina, tuprok oltin" degan dono gap bor. Unga bor mexringni bersang, e’zozlasang sendan sahovatini ayamaydi, rizk nasiba beradi. Yakkabog‘ tumanida ham tomorqasini obod kilib, mahallasiga fayz qo‘shayotgan, ro‘zg‘origa baraka kiritayotgan oilalar ko‘p. "Ulamji" mahallasi 3 sektor hududiga karashli bo‘lib, amalga oshirilatgan sa’yi xarakatlar orqali aholi bandligini ta’minlash, daromadini oshirishda ijobiy natijalarga erishilmoqda.

 

Mahallada 4120 nafar aholi istiqomat qiladi. Mavjud 828 ta xonadonning tomorka maydoni 43 gektarni tashkil etib, bugungi kunda 20 gektar maydonga kartoshka maxsulotlari ekilgan. Buning natijasida aholi tomorkasidan yetishtirilishi kutilayotgan 400 tonna kartoshkadan 1 milliar 200 million so‘m qo‘shimcha daromad kutilayotgan bo‘lsa, 23 gektar maydonga ekilgan sabzavot va poliz maxsulotlaridan 450 tonna hosil yetishtir orqali 1 milliard 300 mln so‘m daromad olish mo‘ljallanmoqda.

 

"Sayxunobod tajribasi" asosida 5 ta xonadon tanlab olinib mahallada 2 ta xonadonda issikxona va 3 ta xonadonda chorvachilikni rivojlantirish va qo‘shimcha daromad topish bo‘yicha ishlar olib borilib rejalashtirilib olingan hamda ushbu masalalarda xonadonlarda targ‘ibot tashvikot ishlari olib -borilmoqda. Inti pomi etorim za acoali

 

Mehnat rohatini ko‘rib o‘rgangan ulamjiliklar har bir karich yerdan unumli foydalanib kelmoqda. Olim Meyliyev ham hovlisidagi 8 sotixli tomorqadan samarali foydalanib chorvachilikdan ham yaxshi daromad olib kelmokda.

 

Ko‘kaldosh ko‘chasidagi xonadonlardan birida bo‘lganimizda, kizgin ish jarayoni ustidan chiqdik. 10 sotixli tomorqada bo‘sh qolgan yerning o‘zi yo‘k. Baxorning har bir kunini g‘animat bilib, oilaviy mehnat orqali ro‘zg‘origa baraka kiritayotgan yurtdoshlarimiz bozorlar to‘kinligiga ham hissa ko‘shmokdalar. 3 sektor tashabbusi bilan mahallada parrandachilik rivojiga xam e’tibor karatilgan.

 

Mahalla qilingan yana bir yaxshi tashabbus xududigagi tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish, aholi daromadini oshirishda ko‘mak ko‘rsatish maqsadida 26 nafar fuqaroga tanlov asosida 10,5 gektar yer maydoni dehqon xo‘jaliklari tashkil etish uchun ajratib berildi. Ayni paytda ushbu yer maydonlarida uzumzorlar tashqil qilingan bo‘lib, kator oralagiga dukkakli ekinlar va poliz mahsulotlari ham ekilgan.

 

Mahallada aholining qo‘shimcha daromadi nafakat tomorqachilikdan balki, chorvachilik, baliqchilik ham yaxshi rivojlangan. "Kombala forel" MCHJ rahbari Komila Tojiyeva 7,5 gektarlik suv havzasida baliqchilikni tashkil etib oilaviy tadbirkorlikni yo‘lga qo‘ydi. Ayni vaqtda havzada Amur, Sazan, Tolstolob kabi baliq turlari yetishtirilmoqda. Yaxshi daromad olib ishning foydasini ko‘rgan tadbirkor, kelgusida imtiyozli kredit asosida baliqchilikni yanada rivojlantirish niyatida.

 

Bugun yurtimizning qay manzilida bulmang, ana shunday qizgin ish zharayonlari ustidan chikasiz. Etiborli zhihati, amalga oshirilayotgan ishlar orkali aholining turmush farovonligi error, bozorlar tukinligi taminlanyapti.

Text to speech