26 Mart 2024 yil 393

“Sayyor - Akademiya” o‘quv dasturi

Davlat rahbarining 2022-yil 8-fevraldagi “Ichki ishlar organlarining ekspert-kriminalistika faoliyatini, zamonaviy ilm-fan yutuqlarini keng joriy etgan holda yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan, Qashqadaryo viloyati IIB o‘quv-amaliy mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma EKM va shahar-tuman IIB ekspertlari ishtirok etishdi.

"Sayyor- Akademiya" o‘quv dasturi bo‘yicha tashkil qilingan ikki kunlik o‘quv mashg‘ulotida IIV Ekspert-kriminalistika Bosh markazi va  IIV Akademiyasi Kriminalistik ekspertizalar kafedrasi xodimlari tomonidan  ekspert kriminalistika sohasida kadrlarni  tayyorlash, malakasini oshirish protsessual, metodik va texnik qoidalari, tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarida ekspert xulosalari orqali isbotlash bazasini mustahkamlash, ekspertlar tomonidan yo‘l qo‘yiladigan odatiy xatoliklarning tanqidiy muhokamasini o‘tkazish, ekspertizalar tahlili natijasiga ko‘ra huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha kriminalistik tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan ilmiy-amaliy va uslubiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha yangicha samarali o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi.

Belgilangan dastur bo‘yicha mutaxassislar tomonidan mavzular doirasida ishtirokchilarga atroflicha nazariy va amaliy tushunchalar berildi. 

Savol-javoblar asosida kechgan mashg‘ulot xodimlarning sohaga oid qonun va qoidalar bilan yaqindan tanishish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha bilim va malakasini yanada boyitdi.

Text to speech