16 Dekabr 2023 yil 571

“Sayyor-akademiya” mashg‘ulotlari davom etmoqda

Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi o‘qituvchilari tomonidan “Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi asosida ichki ishlar organlari profilaktika (katta) inspektorlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish faoliyatiga doir bilim hamda ko‘nimalarini oshirish bo‘yicha o‘quv yig‘inlari tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari general-mayor  Bekmurod Abdullayev  tomonidan 2023-yil 7-oktabr kuni tasdiqlangan sayyor o‘quv dasturiga asosan, Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida barcha  profilaktika (katta) inspektorlarining malakasini oshirishga doir onlayn o‘quv yig‘inlarida ularning huquqiy bilimlari va kasbiy mahoratlarini oshirishga oid Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining professor o‘qituvchilarining ma’ruzalari tinglandi   Zamonaviy interfaol usullarda o‘quv vositalaridan foydalanilgan holda profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat faoliyatini zamonaviy talablar asosida tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi. Shuningdek, profilaktika (katta) inspektorlarining xizmat qilayotgan hududlariga mos, ya’ni shahar va qishloq sharoitida faoliyatni olib borishga doir bilimlari ham oshirilib, sohaga oid huquqiy hujjatlar mohiyati va mamlakatimizda kechayotgan siyosiy-iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarga oid bilimlari ham oshirildi.

Sayyor o‘quv mashg‘ulotlarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 26 mart kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi  PF-6196-son hamda 2021 yil 29 noyabr kunidagi “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-27-son Farmonlarida belgilangan vazifalarga ham alohida e’tibor qaratilib, ushbu farmon maqsad va vazifalari haqida profilaktika (katta) inspektorlariga atroflicha tushunchalar berildi.

“Sayyor-Akademiya” o‘quv dasturi asosida mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Text to speech