19 Iyun 2024 yil 849

Sayyor qabulda muammolar yechildi

Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilish, ularni bandligini ta’minlash, kundalik va maishiy muammolarini hal etish maqsadida Qashqadaryo viloyati 3-sektori rahbariyati tomonidan joylarda sayyor qabullar uyushtirilmoqda. Jumladan, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov Nishon tumani Nuriston shaharchasidagi Amir Temur madaniyat saroyida fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi. 

Ochiq muloqot ruhida o‘tgan qabulda o`n nafar fuqarolarning ichki ishlar organlarining tergov va surishtiruv masalalariga oid murojaatlari qabul qilindi.

Sayyor qabulda 10 ta tushgan murojaatlardan o‘rganishlar natijasiga ko‘ra, 4 tasi joyida hal etildi, ayrimlariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Qolgan murojaatlar esa mablag‘ va vaqt talab etgani bois ijroga qaratilib, mas’ullarga hal etish topshirig‘i berildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech