Sayyor qabulda muammolar yechim topdi
Hududlarni kompleks
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlar va yoshlarga imkoniyatlar
berish, ish o‘rni yaratish, tadbirkorlik uchun shart-sharoitlar yaratish
maqsadida Qarshi shahar 3-sektor rahbari, polkovnik Farrux Ibragimov “Beglar”
mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi.
Qabulda sektor rahbari fuqarolarning murojaatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri
tinglab, ishchi guruh bilan yechimini topish choralari ko‘rildi. Jumladan,
sektor rahbari tomonidan turli masalalarga oid 28 ta murojaat qabul qilindi.
Murojaatlarning 11 tasi joyida hal etilib, 9
nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. Mablag‘ va vaqt talab etadigan 8
murojaat nazoratga olinib, ijroga qaraltildi.
Jarayonda muammolarga yetarli darajada e’tibor
qaratmayotgan ma’sul tashkilotlar hamda faoliyatini vaqtincha to‘xtatgan
korxonalar rahbarlari bilan muloqot qilinib, ularni faoliyatiga to‘sqinlik
qilayotgan muammo va masalalar ochiq muloqot davomida hal etildi.