27 Avgust 2024 yil 363

Sayyohlarni maftun etayotgan maskanlar

Yurtimizda turizm salohiyatini oshirish, sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish, ularga qulay va xavfsiz shart-sharoitlar yaratish maqsadida, bugungi kunda keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirib kelinmoqda.

Xususan bu borada, Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi xodimlari tomonidan, sayyohlik namoyishi obyektlari va ularga tutash hududlarda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, turistlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Birgina o‘tgan 2024 yil 07 oy davomida, Qashqadaryo viloyatiga 92-ta horijiy davlatlardan 332668-nafar chet el turistlari tashrif buyurgan bo‘lib, shundan3-ta xorijiy davlatlardan kelgan 25-nafar delegatsiya vakillarini kutib olish va kuzatish ishlaritashkil etilgan.

Ushbu delegatsiyalarni kutib olish va kuzatish hamda xavfsizliklarini ta’minlash mobaynida,xodimlar tomonidan biror-bir ko‘ngilsiz holatlarga yo‘l qo‘yilmagan.

Bundan tashqari, tashrif buyurayotgan har-bir turistlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha tushunchalar berilishi,yoki biror-bir muommolariga yaqindan yordam ko‘rsatilishi, kelgusida horijiy turistlarning mamlakatga ishonchli sayohat qilishiga dasturu-amal bo‘lib xizmat qiladi.

 

         Zero, sayyoh xavfsiz va tinch yurtga tashrif buyuradi.

Text to speech