Sayyohlar xavfsizligi uchun
Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan vohaga tashrif buyurayotgan mehmonlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida hududda faoliyat yuritayotgan joylashtirish vositalari va turistik firmalar mas’ul shaxslari hamda gid-tarjimonlar bilan profilaktik suhbatlar olib borilmoqda.
Ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Turizm to‘g‘risida”gi qonuni va Vazirlar Mahkamasining 635-sonli qaroriga muvofiq faoliyat yuritish, qonunchilikka zid xatti-harakatlarni amalga oshirmaslik, sayyohlarni zudlikda “YE-mehmon” elektron tizimida ro‘yxatga olish tushuntirilmoqda. Xususan, xorijiy davlatlar fuqarolarini yurtimizga turist sifatida olib kelib, ularning Respublika hududida bo‘lishini nazorat qilmay, qarovsiz qoldirmaslik yuzasidan profilaktik tushuntirishlar berilmoqda.