27 Mart 2025 yil 520

Sayyohlar xavfsizligi uchun

Qashqadaryo viloyati IIB Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi tomonidan “Payshanba – profilaktika kuni” munosabati bilan tashrif buyuruvchi mehmonlar xavfsizligini ta’minlash, sodir etilishi mumkin bo‘lgan jinoyat va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda aholining mehmondo‘stlik fazilatini yuksaltirish maqsadida, jamoat joylarida, turizm namoyishi obyektlarida, joylashtirish vositalari, turistik firmalar mas’ul shaxslari hamda transport xizmatlari ko‘rsatuvchi subyektlar o‘rtasida profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borildi. Shuningdek, xorijiy turistlarga boshqarma xizmat faoliyati haqida tushunchalar berildi.

Bu kabi tadbirlar turizm sohasida shaffoflikni ta’minlash va mehmonlar uchun qulay muhit yaratishga xizmat qiladi.

Text to speech