22 Mart 2024 yil 346

Saxovatdan ko‘ngillar shod


Shu kezlarda yurtimizda Ramazon oyining savob va ezguliklariga haohang tarzda Navro‘zi olam bayrami tantanalari keng nishonlanmoqda. Bunday paytda xalqimizning mehr va saxovat ko‘rsatish xislatlari yanada sayqallashaib, yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Mamlakatimizda tobora an’ananga aylanib borayotgan bu kabi xayr-saxovat tadbirida ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i, polkovnik Abduvoxid Ismoilovning tashabbusi bilan viloyatning Qarshi shahri va Qarshi tumanida yashovchi ichki ishlar organlari faxriysi, iste’fodagi kapitan Egamberdi Tairov va xizmat vaqtida vafot etgan marhum Qosimov To‘lqinning oilasiga viloyat IIB rahbariyati va faxriylar kengashi a’zolari tashrif buyurib, bayram bilan qutlab, bu oilalarga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazildi.

Mehr-saxovat tadbirlari vohaning shahar-tuman IIBlari tomonidan davom ettirilmoqda.

Text to speech