11 May 2020 yil 789

SАXOVАT – XАLQIMZGА XOS FАZILАT

Qutlugʼ Ramazon oyida xalqimizning mehr va saxovatlilik xislatlari yanada sayqallanib, amalda yaqqol namoyon boʼlmoqda. Buni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan “Saxovat va koʼmak” xalq harakati tadbiri doirasida ham koʼrish mumkin. Xayriya tadbirida boshqa sohalar qatori ichki ishlar organlari xodimlari ham faol ishtirok etmoqda. Jumladan, joriy yil 9 may – Xotira va Qadrlash kuni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati va shaxsiy tarkibi yana bir savob ishga qoʼl urdi. Sirdaryo viloyatining Sardoba tumanida ofatdan zarar koʼrgan  “Mirzachoʼl”, “Navbahor” va  “Haqiqat” mahalla fuqarolar yigʼinlarida istiqomat qiluvchi 8 ta oilaga “Saxovat va koʼmak” xalq harakati tadbiri doirasida moddiy va maʼnaviy yordam berildi. Ofatdan jabr koʼrgan oilalarning 5 tasiga 500 ming soʼmdan pul va 3 tasiga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.  Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda. 

Text to speech