6 Aprel 2024 yil 234

Sayohatdan katta taassurot olishdi

2024 yil 6 aprel kuniO‘zbekiston Respublikasi IIV Qashqadaryo akademik litseyi o‘quvchi yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy bilimlarini oshirish, sog‘lom turmush tarziga jalb etish, mafkuraviy immunitetini mustahkamlash maqsadida, sohibqiron Amir Temur tavalludining 688-yilligining nishonlanishi munosabati bilan havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlariga qarashli Xonobod shaharchasidagi harbiy qismda “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida qatnashdi.

Tadbir jarayonida o‘quvchilar jangovar samolyot va vertolyotlar bilan yaqindan tanishib, bu kasbga bo‘lgan qiziqishi ortib ularda vatanparvarlik, kasbga bo‘lgan sadoqat, insoniy ma’suliyat tuyg‘ulari yanada shakllandi.

Sayohat o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Text to speech