8 Yanvar 2022 yil 706

Sadoqat, masʼuliyat, halollik - kasb mezoni


Qashqadaryo viloyati Maʼnaviyat va maʼrifat markazida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan boshqarma sohaviy xizmatlar xodimlari, tizimda uzoq yillardan buyon samarali xizmat qilib kelayotgan ustozlar va yoshlar, faxriylar xodimlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
“Vatan taraqqiyotiga hissa qoʼshaman” shiori ostida boʼlib oʼtgan tadbirda xizmat burchi va zimmasiga yuklangan vazifalarni aʼlo darajada bajarib, kezi kelganda yoshlarga kasb sirlarini oʼrgatib, yoshlarni Vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʼshib kelayotgan bir guruh xodimlarning hamda umrining qaynoq damlarini el osoyishtaligini taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashishga bagʼishlab, nafaqada boʼlsa-da, bugungi kunda shogirdlarga beminnat maslahatlar berayotgan faxriylarning faoliyati eʼtirof etildi.
“Milliy tiklanishdan-milliy yuksalish sari” dadil qadam tashlayotgan Yangi Oʼzbekistonda taraqqiyot yangi bosqichga koʼtarilmoqda. Buning amaliy ifodasi ichki ishlar organlarida oʼtkazilayotgan islohotlarda ham yaqqol koʼzga tashlanmoqda.
Shunday ekan, xalq manfaatlariga xizmat qilish chinakam xalqchil, xalqparvar boʼlish har bir ichki ishlar organlari xodimi faoliyatining bosh mezoni boʼlib qolmogʼi lozim. Ichki ishlar organlari xodimlari kundalik faoliyatini “Sadoqat, masʼuliyat, halollik” asosida olib borishi lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

Text to speech