Sadoqatga undovchi kitoblar taqdimoti
Qashqadaryo viloyat IIBda “El yurt osoyishtaligi generallari”, “Oʼzbekiston xalqi xizmatida”, “Ichki ishlar organlarining mard oʼgʼlonlari” hamda Qashqadaryo viloyati IIBning “Faxriylar faxrimiz” kitoblari taqdimoti boʼlib oʼtdi. Tadbirni Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshligʼi oʼrinbosari polkovnik Habibulla Bozorov kirish soʼzi bilan ochdi.
taqdimotida Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Birlashgan kasaba uyushmasi qoʼmitasi bosh mutaxassisi, isteʼfodagi polkovnik Аbdugʼofur Sattorov, Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi dotsenti, podpolkovnik Quvonch Qodirov, Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Manaviy maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar xizmati katta inspektori podpolkovnik Qobiljon Shokirovlar bu asarlarda mustaqillik yillarida mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimlarida amalga oshirilgan islohotlar, el-yurt osoyishtaligini taʼminlash va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish yoʼlidagi mashaqqatli va sharafli xizmat fidoyilarining yorqin hayot yoʼli tasvirlanganini va bu ichki ishlar organlari va yosh xodimlar uchun ibrat maktabi vazifasini oʼtashini eʼtirof etishdi. Qolaversa kitoblarda tizimda koʼp yillar davomida samarali xizmat qilib, bugungi kunda yoshlarni ona-Vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruhida tarbiyalashga munosib hissa qoʼshib kelayotgan generallar, faol faxriylar, xizmat burchini bajarish chogʼida halok boʼlgan xodimlarning jasorat va matonati ham oʼz aksini topganligi taʼkidlandi.
Tadbir yakunida bir guruh faxriylar va faoliyatda ijobiy natijalarni qoʼlga kiritayotgan ichki ishlar organlari xodimlariga kitoblar sovgʼa qilindi.