1 Mart 2024 yil 456

“Sadoqat va vafo kuychisi”

2024-yil 1-mart o’zbek xalqining suyukli va ardoqli shoirasi Zulfiya Isroilova tavallud topgan sana. Ushbu sana munosabati bilan IIV Qashqadaryo akademik litseyida “Sadoqat va vafo kuychisi” deb nomlangan davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda akademik litseyning ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi Mo’tabar Ravshanova Zulfiyaxonimning ibratli hayot yo’li hamda serqirra ijodi haqidagi qiziqarli ma’lumotlarni so’zlab berdi. Akademik litsey o’quvchilari tomonidan ijro etilgan shoira Zulfiyaxonim qalamiga mansub dilbar she’rlar barchaga ko’tarinki kayfiyat ulashdi. Shuningdek, adabiyot va she’riyatga ixlosmand o’quvchilar o’rtasida she’riy mushoira bo'lib o’tdi.

Text to speech