28 Dekabr 2023 yil 319

Ro‘ziboy Sattorovga Prezident tabrigi va sovg‘alari topshirildi

Yangi yil bayrami oldidan Ikkinchi jahon urushi faxriylarining holidan xabar olinib, Prezidentimizning bayram tabrigi, pul mukofotlari, sovg‘alar, oziq-ovqat mahsulotlari topshirilmoqda.

Viloyat IIB boshlig‘i Shuhrat Sotvoldiyev, Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi Qashqadaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi boshlig‘i  Ulug‘bek Gaziyev, tuman hokimi Xurshid Usmonov, tuman sektor rahbarlari Qamashi tumanida yashovchi Ro‘ziboy bobo Sattorov xonadonida bo‘lib, urush qatnashchisi va uning oila a’zolarini bayram bilan tabrikladi.

Davlatimiz rahbarining tabrigi o‘qib eshittirilib, sovg‘alar topshirildi.

Ro‘ziboy bobo e’tibor va g‘amxo‘rlik uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdilar.

Text to speech