Yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlar zamirida Yo’l harakati xavfsizligi xodimlarining ham xizmati beqiyos
Qashqadaryo viloyati IIB JXX YHXB tarkibiy
bo’limlari ishtirokida ertalabgi saf ko’rigi bo’lib o’tdi. Tizimda fidoiy va
jonkuyarlar safini yanada kengaytirish lozimligi bildirilib, olib borilayotgan
islohotlar, qabul qilinayotgan me’yoriy hujjatlar, qonun va farmonlar tezkor
xodimlarimiz e’tiborida bo’lishi ta’kidlandi. Viloyat YHXB tarkibiy bo‘limlari
xodimlariga IIV ning me’yoriy buyrug‘i talablari asosida saf ko‘rigi
o‘tkazildi. Saf ko‘rigida xodimlar xizmat guvohnomalari, shaxsiy raqami
(jeton), xizmat kiyimini kiyish tartibi, shevronlari hamda boshqa xizmat
anjomlari ko‘rikdan o‘tkazildi. Ularga o‘z xizmat vazifasini bajarish paytida
fuqarolarning huquq va erkinlari hamda qonuniy manfaatlarini to‘liq taʼminlash
lozimligi yuzasidan qo‘shimcha ravishda yo‘riqnomalar berildi.