17 Aprel 2024 yil 128

"Erta turmush va uning salbiy oqibatlari", "Tazyiq va zo‘ravonlik" va "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi ostida profilaktik tadbir

Koson tuman IIB JXX HPX XQMB katta inspektori podpolkovnik F.Chorshanbiyeva, tuman "Tartibot" guruhi rahbari hamda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursant I.Toshmurodova bilan birgalikda tuman hududida joylashgan umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tahsil olayotgan o‘quvchilar hamda ularning ota onalari ishtirokida "Erta turmush va uning salbiy oqibatlari",  "Tazyiq va zo‘ravonlik" va "Jaholatga qarshi ma’rifat" g‘oyasi ostida profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Targ‘ibot tadbirida ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, ijtimoiy tarmoqlardan to‘g‘ri foydalanish, o‘quvchilarning ongu tafakkurida turli yot g‘oyalarga, milliy ma’naviyatimizga zid keluvchi salbiy holatga qarshi immunitet hosil qilib, ularni faqat ezgulikka, Vatanni sevishga qaratilgan targ‘ibotlar orqali, ishtirokchilarda ma’naviy immunitetni shakllantirishga erishildi.

Text to speech