2 May 2024 yil 259

“Erta turmush va nikoh keltirar tashvish”

G‘uzor tumanidagi 81- maktabda “Turmush” tadbiri doirasida maktabning 8-9-10 sinf o‘quvchi qizlari o‘rtasida “Erta turmush va nikoh keltirar tashvish” mavzusida ko‘rik-tanlov bo‘lib o‘tdi.
Tuman IIB JXX HPB XQMB, “Chaqar”mahallasi xotin-qizlar faoli va maktab rahbariyati bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilar mavzu doirasida bor bilimlarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
Ko‘rik-tanlovda asosiy mavzu erta nikoh va erta tug‘ruqni oldini olish, voyaga yetmagan qizlar tomonidan huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishini oldini olish hamda viktimologik profilaktika va nikohga majburlash bo‘yicha o‘quvchi qizlar tomonidan tayyorlangan sahna ko‘rinishlari orqali ishtirokchilarning huquqiy bilimi boyitildi.
Qizg‘in va dolzarb savol javoblar asosida kechgan tanlovda maktabning 8-sinf o‘quvchilari birinchi o‘rinni egalladi. Navbatdagi sovrinli o‘rinlarni maktabning 10- sinf va 9-sinf o‘quvchilari band etishdi.
Tanlov g‘oliblari tashkilotchilarning diplomi va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Text to speech