“Erta turmush qurishga qarshimiz”
Qarshi tumanidagi
12-maktabda “Erta turmush qurishga
qarshimiz” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Qarshi tuman IIB
JXX HPB xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori va mahalla
xotin-qizlar faoli hamda maktkab yuqori sinf o‘quvchi qizlari ishtirok etishdi.
Tadbirda so‘z olgan Qarshi tuman
IIB JXX HPB xotin qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant
B.Avazova yurtimizda erta turmush qurishni oldini olish, xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi va bandligini ta’minlash bo‘yicha
salmoqli ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidladi. Shu bois jamiyatda
xotin-qizlarning davlat va jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ijtimoiy hayotdagi
ulushi beqiyos. Bunga javoban yoshlar va ayniqsa, qizlar jamiyat hayotida
faol ishtirok etishi, ilm-fanning yuksak cho‘qqilarini zabt etib, oilalar
mustahkamligiga o‘z hisasini qo‘shishi lozimligiga oid o‘z fikr-mulohazalarini
bildirdilar.