1 Avgust 2022 yil 278

Rossiya fuqarolari Oʼzbekistonda roʼyxatdan oʼtmasdan turish muddati uzaytirildi.

Oʼzbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi huqumati oʼrtasida 2021-yilni 17 iyunda Toshkent shahrida hamda 2021yilni 21 mayda Moskva shahrida imzolangan bitimga koʼra, bir tomon davlat hududida vaqtincha boʼlib turgan boshqa tomon davlatining fuqarolari 15 kungacha mobaynida kelish davlatining vakolatli organlarida roʼyxatdan oʼtmasdan yashashlari muumkin. Rossiya Federatsiyasi fuqarosi Oʼzbekiston hududiga chegara nazorati organlarining chegara nazorati organlari tomonidan pasportga qoʼyiladigan belgi (chegara sana shtampi) bilan kirgan kundan boshlab Oʼzbekiston hududida vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtmasdan boʼlish muddati 3 kundan 15 kungacha etib belgilandi. Xuddi shuningdek, Oʼzbekiston fuqarolarining Rossiya davlatida vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtkazish muddati 7 kundan 15 kungacha uzaytirildi. Аgar 15 kundan ortiq muddatga qolish istagi boʼlgan mehmonlar belgilangan tartibda vaqtinchalik roʼyxatdan oʼtishlari lozim.

Text to speech