Erkin va farovon hayot garovi
Qashqadaryo viloyati musiqali va drama teatrida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi — erkin va farovon hayot garovi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hokimligi, nuroniylar, senatorlar, deputatlar, huquq-tartibot organlari, tashkilotlar, oliy va o‘rta ta’lim boshqarmalari rahbarlari, faxriylar hamda keng jamoatchilmik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirni viloyat hokimi Murotjon Azimov ochib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi bayrami munosabati bilan tabrigi o‘qib eshittirdi. Viloyat hokimi o‘z so‘zida yangilangan Bosh qomusimiz mustaqil davlatimiz, obod va farovon hayotimiz, huquq va erkinliklarimiz asosi bo‘lib xizmat qilayotganini bildirdi. Bosh qomusimizga kiritilgan o‘zgarishlarni mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish orqali fkqarolarni, ayniqsa yoshlarni huquqiy va siyosiy bilimlari, ongi va madaniyatini yanada yuksaltirish, ularni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va barcha qonunlariga hurmat ruhida tarbiyalash, faol fuqarolik pozitsiyasini yanada mustahkamlashga qartilgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlarda faolligini ta’minlashning ustuvor vazifalaridan biri ekanligini ta’kidladi.
Tantanali tadbirda harbiy orkestr va viloyat san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar tadbirga o‘zgacha fayz bag‘ishladi.