31 Yanvar 2024 yil 434

O‘g‘riga chora - bo‘lmadi pora

Joriy yilning 6 yanvar kuni ichki ishlar organlarining 102 xizmatiga Qamashi tumani “Changak” va Ibn Sino MFYlarda yashovchi fuqarolar murojaat etib, Changak qishlog‘ida yashovchi  qurilish tugallanmagan binodan 4 dona qozon, 3 dona choynak, elektron tarozi, havo purkagich (nasos), 5 dona temir narvon, taxta mahsulotlari, kafel mahsulotlarini va boshqa maishiy xizmatda foydalaniladigan narsa va buyumlar o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilishgan.

Murojaat yuzasidan surishtiruv ishlarini olib borgan Qamashi tumani IIB Tezkor-qidiruv xizmati jinoyat qidiruv bo‘linmasi tezkor vakili ushbu  jinoyatni “Changak” mahalasida yashovchi fuqaro sodir etganligi aniqlab, uning xonadonidan shu yil 8 yanvar kuni o‘g‘irlangan narsa va buyumlar xolislar ishtirokida rasmiylashtirib oladi.

Ertasi kuni fuqaro tezkor vakilga uchrashib, o‘g‘rilik holati yuzasidan to‘plangan hujjatlarni tergovga o‘tkazmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik  evaziga 300 (uch yuz) AQSH dollari pora taklif qiladi.

Tezkor xodim fuqaroga pora berish va vositachilik qilish jinoyat ekanligini aytsa-da, fuqaro o‘z ahdidan qaytmaydi. Natijada kapitan holat yuzasidan rahbariyatni xabardor etadi. 

Joriy yilning 9 yanvar kuni soat 18-30 larda  fuqaro kapitanning xizmat xonasiga kelib  100  AQSH dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Qamashi tuman prokuraturasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Text to speech