23 Aprel 2024 yil 499

Resurslardan samarali foydalanish – davr talabi

Qashqadaryo viloyatida Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2024 yil 16-aprel kunida imzolanib, joriy yilning 1-may kunidan kuchga kiruvchi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-sonli qarorining mazmun-mohiyatini axoliga to‘g‘ri yetkazish bo‘yicha ichki ishlar organlari mas’ul rahbarlari tomonidan joylarda keng qamrovli tushuntirish va targ‘ibot iishlari amalga oshirilmoqda. Jumladan, Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahar “Aralovul” mahallasida bo‘lib, “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aholining energiya resurslaridan samarali foydalanishi, iste’mol madaniyatini oshirish yuzasidan tushuntirish va targ‘ibot tadbirlarini olib bordi.

Aholi tomonidan hozirgi vaqtga qadar foydalanib kelinayotgan energiya resurslariga davlat tomonidan subsidiya ajratilayotganligi ta’kidlandi.

Energiya resurslaridan foydalanishda “kam ishlatgan, kam to‘laydi” shiori ostida, aholiga elektr energiyasi bo‘yicha 200 KVattdan ko‘p bo‘lmagan elektr energiyasi bo‘yicha odatiy tarzda o‘zgarmagan summada, 500 kub-metrdan ko‘p bo‘lmagan tabiiy gaz uchun ham o‘zgarmagan summada to‘lov qilish lozimligi tushuntirildi.

Mahalla “yettiligi” va boshqa mutasaddilardan ishchi guruh tuzilib, yuqoridagi berilgan topshiriqlar bo‘yicha Qarshi shahar “Aralovul” mahallasida yashovchi 55 ta xonadonga kirilib, atroflicha tushunchalar berildi. 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech